🔥 Fett schnell verbrennen. Erfahren Sie wie! 💪

7-sinf jahon tarix darsligi bo'yicha Xunnlar IV asrdan bosh | Tarix DTM Testlar 2023

7-sinf jahon tarix darsligi bo'yicha

Xunnlar IV asrdan boshlab german qabilalariga Sharqdan hujum qilishgan;

Rim imperiyasining shimoli-sharqiy hududlari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida urug'chilik jamoasida yashagan;

Luara daryosidan shimoldagi qabilalar uzoq yillar urug' jamoa bo'lib yashagan;

Franklar davlati janubidagi gallar son jihatdan german qabilalaridan ko'proq bo'lgan;

Frank qirolligi Shimoliy Fransiyada vujudga kelgan;

Britaniya orolining janubida kelt, brittlar, Britaniya orolining shimolida (Irlandiya va Shotlandiyada) skot, pikt qabilalari yashagan;

Kelt qabila boshliqlari o'zaro urushayotganda shimoldan pikt va skot qabilalari hujumlari boshlangan;

Angl, saks, yut qabilalari ilk o'rta asrlarda Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarimorolida yashashgan;

Keltlar ko'chib borgan Armorika Fransiyaning shimoli-g'arbida joylashgan. Brittlarning ommaviy ko'chishidan keyin bu hudud Bretan deb atalgan;

Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya, Shotlandiya va Britaniyaning g'arbida saqlanib qolgan;

879-yilda Alfred va daniyalik vikinglar o'rtasida sulh tuziladi. Bretan orolining janubi Alfredga, Bretan orolining shimoli daniyaliklarga berilgan;

Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga Germaniya va Italiyaning shimoliy hududlari kirgan;

Yustinian I Italiyaga qo'shin yuboradi. Vestgotlar qo'shinini yengib Ispaniyaning janubiy viloyatlari va Gibraltar bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatiladi;

Slavyan qabilalari VI-VII asrlarda g'arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosigacha, shimolda Boltiq dengizidan janubda Dunay daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashashgan;

Arabistonning janubi va g'arbida aholi dehqonchilik bilan shug'ullanib, xurmo bog'lari va uzumzorlar barpo etishgan. Shu hududdan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo'llari o'tgan;

Xalifalik qo'shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to'liq bo'ysundiradi.

Mahmud G'aznaviy XI asr boshlarida Hindiston shimoliga 17 marotaba bosqinchilik yurushi uyushtirgan;

Hindistonning g'arbida ko'plab dengiz port shaharlar bo'lgan;

Tan sulolasi asoschisi Li Yuan Xitoyning shimoli-g'arbidagi mahalliy hokimlardan biri bo'lgan;

Ajanta ibodatxonalari majmuasi Markaziy Hindistonda joylashgan;

Shampan grafligi Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan;

Fransiya markazlashtirilishidan avval qirolning domeni shimolda Parijdan - janubda Orleanga qadar davom etgan;

Tuluza Fransiyaning janubida joylashgan;

Klermon Fransiyaning janubida joylashgan;

Flandriya Fransiyaning shimolida joylashgan;

Avinon shahri Fransiyaning janubida joylashgan;

Akvitaniya Fransiyaning janubida joylashgan;

Lyudovik XI Karl Burgundkiyga qarshi kurashib, Burgundiyaning g'arbiy qismini Fransiyaga qo'shib oladi;

Fransiyaning janubidagi Provans viloyati va Marsel porti 1481-yil qirol hukmiga o'tadi;

Koguryo IV-V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qismi, Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo'lgan;

Koreya yarimorolining janubida III - IV asrlarda Pekche davlati vujudga kelgan;

Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan;

Van Gon o'z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo'qotgan hududlarni qaytarib olish vazifasini qo'ygan;

XI-XII asrlarda Hindistonning shimoliga turk va afg'on qabilalari hujumlari va joylashuvi kuchaygan;

Alouddin Xiljiy kuchli qo'shin bilan shimoldan mo'g'ullar hujumini qaytargan;

Asteklar Meksika hududiga shimoldan kelgan;

Sahroi Kabirning janubida barbar va tuareg, G'arbiy Afrikada fulbe, Sharqda masai, galla, sidamo, tigrelar yashagan;

Afrikaning Sharqida qadim zamonlarda Nubiya va Aksum davlatlari tashkil topgan;

Gana va Malining shimoli-sharqida songailar yashaganlar;

Aksum Efiopiyaning shimolida joylashgan;

Aksum Arabistonning janubiy sohillari va Sharqiy Sudanni egallaydi. VII asrda Arab xalifaligi Arabistonning janubini tortib oladi;

@TarixDTMtestlar2023
@Tarixchilar_kuN1