Get Mystery Box with random crypto!

Tarix DTM Testlar 2023

Logo des Telegrammkanals tarixdtmtestlar2023 - Tarix DTM Testlar 2023 T
Logo des Telegrammkanals tarixdtmtestlar2023 - Tarix DTM Testlar 2023
Adresse des Kanals: @tarixdtmtestlar2023
Kategorien: Uncategorized
Sprache: Deutsch
Abonnenten: 247
Beschreibung vom Kanal

Assalomu aleykum!
https://t.me/TarixDTMtestlar2023 kanalimizning xush kelibsiz!!!
Kanalmizda ⤵️
📩Testlar(Super)
📩Ma'lumotlar
📩Quiz TEST
📩Motivatsiya
📩Guruhimiz 👇👇👇
https://t.me/Tarixchilar_kuN1
Taklif va murojaatlar uchun
@Ayyubiy2

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Die neuesten Nachrichten

2023-04-09 02:49:51
Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi

Buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi, O'zbekistan davlatchilik tarixida o'zining beqiyos o'rniga ega bo'lgan, ilm-ma'rifat homiysi Amir Temur tavallud topgan kun.

"Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va ulugʻ lashkarboshilarimiz oʻgitlarini, ularning harbiy merosini chuqur bilishi kerak, deb qayta-qayta taʼkidlab kelaman. Bu oʻlmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz gʻurur baxsh etadi, muqaddas tuprogʻimizga sadoqat tuygʻularini kuchaytiradi."

Shavkat Mirziyoyev.


"Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir."

Islom Karimov

@TarixDTMtestlar2023
@Tarixchilar_kuN1
244 viewsDilshod, edited  23:49
Öffnen / Wie
2023-04-08 20:08:46 7-sinf jahon tarix darsligi bo'yicha

Xunnlar IV asrdan boshlab german qabilalariga Sharqdan hujum qilishgan;

Rim imperiyasining shimoli-sharqiy hududlari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida urug'chilik jamoasida yashagan;

Luara daryosidan shimoldagi qabilalar uzoq yillar urug' jamoa bo'lib yashagan;

Franklar davlati janubidagi gallar son jihatdan german qabilalaridan ko'proq bo'lgan;

Frank qirolligi Shimoliy Fransiyada vujudga kelgan;

Britaniya orolining janubida kelt, brittlar, Britaniya orolining shimolida (Irlandiya va Shotlandiyada) skot, pikt qabilalari yashagan;

Kelt qabila boshliqlari o'zaro urushayotganda shimoldan pikt va skot qabilalari hujumlari boshlangan;

Angl, saks, yut qabilalari ilk o'rta asrlarda Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarimorolida yashashgan;

Keltlar ko'chib borgan Armorika Fransiyaning shimoli-g'arbida joylashgan. Brittlarning ommaviy ko'chishidan keyin bu hudud Bretan deb atalgan;

Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya, Shotlandiya va Britaniyaning g'arbida saqlanib qolgan;

879-yilda Alfred va daniyalik vikinglar o'rtasida sulh tuziladi. Bretan orolining janubi Alfredga, Bretan orolining shimoli daniyaliklarga berilgan;

Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga Germaniya va Italiyaning shimoliy hududlari kirgan;

Yustinian I Italiyaga qo'shin yuboradi. Vestgotlar qo'shinini yengib Ispaniyaning janubiy viloyatlari va Gibraltar bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatiladi;

Slavyan qabilalari VI-VII asrlarda g'arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosigacha, shimolda Boltiq dengizidan janubda Dunay daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashashgan;

Arabistonning janubi va g'arbida aholi dehqonchilik bilan shug'ullanib, xurmo bog'lari va uzumzorlar barpo etishgan. Shu hududdan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo'llari o'tgan;

Xalifalik qo'shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to'liq bo'ysundiradi.

Mahmud G'aznaviy XI asr boshlarida Hindiston shimoliga 17 marotaba bosqinchilik yurushi uyushtirgan;

Hindistonning g'arbida ko'plab dengiz port shaharlar bo'lgan;

Tan sulolasi asoschisi Li Yuan Xitoyning shimoli-g'arbidagi mahalliy hokimlardan biri bo'lgan;

Ajanta ibodatxonalari majmuasi Markaziy Hindistonda joylashgan;

Shampan grafligi Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan;

Fransiya markazlashtirilishidan avval qirolning domeni shimolda Parijdan - janubda Orleanga qadar davom etgan;

Tuluza Fransiyaning janubida joylashgan;

Klermon Fransiyaning janubida joylashgan;

Flandriya Fransiyaning shimolida joylashgan;

Avinon shahri Fransiyaning janubida joylashgan;

Akvitaniya Fransiyaning janubida joylashgan;

Lyudovik XI Karl Burgundkiyga qarshi kurashib, Burgundiyaning g'arbiy qismini Fransiyaga qo'shib oladi;

Fransiyaning janubidagi Provans viloyati va Marsel porti 1481-yil qirol hukmiga o'tadi;

Koguryo IV-V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qismi, Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo'lgan;

Koreya yarimorolining janubida III - IV asrlarda Pekche davlati vujudga kelgan;

Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan;

Van Gon o'z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo'qotgan hududlarni qaytarib olish vazifasini qo'ygan;

XI-XII asrlarda Hindistonning shimoliga turk va afg'on qabilalari hujumlari va joylashuvi kuchaygan;

Alouddin Xiljiy kuchli qo'shin bilan shimoldan mo'g'ullar hujumini qaytargan;

Asteklar Meksika hududiga shimoldan kelgan;

Sahroi Kabirning janubida barbar va tuareg, G'arbiy Afrikada fulbe, Sharqda masai, galla, sidamo, tigrelar yashagan;

Afrikaning Sharqida qadim zamonlarda Nubiya va Aksum davlatlari tashkil topgan;

Gana va Malining shimoli-sharqida songailar yashaganlar;

Aksum Efiopiyaning shimolida joylashgan;

Aksum Arabistonning janubiy sohillari va Sharqiy Sudanni egallaydi. VII asrda Arab xalifaligi Arabistonning janubini tortib oladi;

@TarixDTMtestlar2023
@Tarixchilar_kuN1
161 viewsSalohiddin Ayyubiy, 17:08
Öffnen / Wie
2023-04-04 19:29:29 Kirish imtihonlarida 90 ta savol beriladi!
​Maksimal ball – 189


Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@TarixDTMtestlar2023
214 viewsSalohiddin Ayyubiy, 16:29
Öffnen / Wie