Get Mystery Box with random crypto!

#ferienbeschäftigung ,,Ferienbeschäftgung'' ( ba'zilar uni ' | Deutsch mit Sabrina🇩🇪🇩🇪

#ferienbeschäftigung

,,Ferienbeschäftgung'' ( ba'zilar uni "Ferienjob'' ham deb atashmoqda mayli shunday bo'la qolsin .
Bu bo'yicha kôp savollar bôlyapti yana tushuntirib ôtmasak bulmas ekan

FERIENJOB
" Ferienbeschäftgung''
Bu faqatgina Talabalarning
Yozgi ta'til paytida qonuniy maksimal 90 kungacha ishlash uchun federal mehnat agentligi tomonidan tashkil qilinadigan mehnat jarayoni ( 90 kundan ortiq ishlashga yôl qôyilmiydi) talaba albatta vataniga qaytib ôqishini davom ettirishi shart
Har yili agentlik tomonidan butun dunyo bo'ylab e'lon beriladi va hujjatlar qabul qilinadi har yili 31 yanvarga qadar

Qabul qilingan arizalar orasidan munosib topilgan nomzodlarga federal agentlik nemis ish beruvchisi ( Betrieb ) bilan hamkorlikda ish taklif qiladi ishlar asosan qishloq xo'jaligi gastrnomie, mehmonxona, tizimli ovqatlanish,joylari (McDonald's Burger King ) bino inshootlarni remontdan keyin tozalash va hokozo yo'nalishlarda olib boriladi

Bundan ko'zlangan maqsad nemis ish beruvchilarini nisbatan arzonroq ishchi kuchi bn ta'minlash
Germaniyaga qiziquvchilarni Germaniyaga taklif qilish va ta'tilni shu yerda utkizish hamda talaba uzi uchun ma'lum praktik bilmlarni olishi uchun imkon yaratib berishdir.


Xujjat topshirish ( eslatib o'taman 31 yanvargacha ) uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi
1 pasport kopiyasi
2 fotosurat yopishtirilgan 2 betlik ariza " Bewerbung "(2 nusxada 1- bet ostiga imzo qo'yiladi)
3 Immatrikulationsbescheinigung mehnat agentligining talabani oliygohda rôyxatda ôtganligi tôgʻrisidagi guvohnomasi ( shu talaba haqiqatdan ham universitet yoki institutda ôqiydi degan uni to'ldirish , ostifa prorektor imzosi va OTM maxsus gerbli pechati kerak bo'ladi)
4 tarjimai hol Lebenslauf ( nemis / ingliz tilida ostiga imzo qo'yiladi
5 haydovchilik guvohnomasi prava ( agar bulsa farqi yo'q )
6 Til bilish darajasi sertifikati ( agar bulsa)
7 reyting daftarchasi ( zachyotka ) 1- beti kopiyasi bilan tarjimasi
Shu hujjatlarni tayyorlab tezkor pochta orqali hammasi original qogʻoz shaklda albatta 31-yanvargacha quyidagi manzilga yetkazib berish kerak :


Adres :
Agentur für Arbeit Köln
Team 008- Standort Bonn
Villemombler Straße 76
53123 Bonn, Deutschland ( Germany)

Elektron pochta orqali hujjatlar qabul qilinmaydi bunga sabab bizda federal mehnat agentligining mana shunaqa xujjatlarni qabul qilish uchun filiali mavjud emas shu bois hujjatlar tezkor pochta orqali Germaniyaga junatiladi

Agar yôqoridagi hujjatlarni hujjatlarni mustaqil va bexato tôldirib junataolsangiz , marhamat sizga omad !!
Agar biror maslahat bulsa ham mayli
Lekin amaliy yordam pullik nachora bozor iqtisodiyoti tôgʻri tushunasizlar degan umiddamiz
Hujjatlar tayyor qilib junatiladi
Aytgancha javobi ijobiy chiqadi ya'ni sizga 100%ish chiqadi deb hech kim Kafolat ( Garantiya) bermaydi .
Buni faqat federal mehnat agentligi hal qiladi
Chiqsa omadingiz
Chiqmasa nachora keyingi yil borku

Javoblar tahminan martni oxiri aprel o'rtalarigacha chiqadi undan kn Skype suhbatdan utasiz suhbatdan ôtaolsangiz sizga ish beruvchining rozilik xati (Zulassung) va mehnat shartnomasi ( Arbeitsvertrag ) junatiladi ôzlari aytadi hujjatlarni Original yoki email orqali junatishni keyin siz uni imzolab qolgan hujjatlar bilan birga Visametricga olib kirasiz

Pass (Pasport) + Vertrag (sharnoma)+ Einladung(taklifnoma) + Versicherung ( sug'urta )
Va elchixona badali aktuel 960.000 sôm atrofida
Elchixonadan ôtib vizani olgach nima qilishni ôziz bilasiz
Deutschland
Aytgancha sizga yoqmagan ishni rad etish huquqi bor sizda lekin bu deyarli keyingi imkoniyatizni nolga tenglashtirib qôyadi
Chunki bu yerda talabalar
juda köp Sen bo'lmasang boshqasi

Sôngi sôz ôrnida agar nomzodim ôtsin desangiz hujjatlarni behato tayyorlang va ertaroq junating
Yoki bu ishni biz bilan bexato bajaring




https://t.me/kanal_von_Sonnenblume