Get Mystery Box with random crypto!

Kurs haqida malumot: Darsga davomiy qatnashish shart. A1 dara | Deutsch mit Sabrina🇩🇪🇩🇪

Kurs haqida malumot:
Darsga davomiy qatnashish shart.
A1 daraja 2 oy davom etadi. Guruhlar standard 5-7 kishidan iborat böladi.
Darslar haftada 3 kun (toq kunlari) böladi, örtacha 1.5 soat qilib belgilangan va asosan grammatika va qisqacha gaplashish, A1 daraja söz boyligiga ega bölishga qaratilgan. Oylik tölov 20$

A2 daraja örtacha 2 oy davom etadi. Guruhlar Standart 5-7 kishidan iborat böladi, haftada 4 kun 2 soatdan ötiladi va asosan grammatika va kengroq darajada gaplashish, A2 daraja söz boyligiga ega bölishga qaratilgan. Oylik tölov 40$.

B1 daraja örtacha 2 oy davom etadi. Guruhlar Standart 5-7 kishidan iborat böladi, haftada 6 kun 2 soatdan ötiladi va asosan söz boyligi va gaplashishga asoslangan va albatta grammatika va eshitishni kuchaytirish birgalikda olib boriladi. B1 dars ohirida Goethe, TestDaF, TELC imtihonlarini bemalol topshira olishingiz va erkin muloqotga kirisha olishingiz mumkin. Oylik tölov 60$.

B2 daraja örtacha 2 oy davom etadi. Guruhlar Standart 5-7 kishidan iborat böladi, haftada 6 kun 2 soatdan ötiladi va mustaqil gaplashish, diskussiya qilish. Söz boyligini orttirish, eshitishni kuchaytirishga va köproq Goethe, TestDaF, TELC Sertifikat uchun imtihonga tayyorlashga qaratilgan.
Oylik tölov 80$.

Bundan tashqari sohangiz doktor bölsa, Germanyada öz sohangizda ishlay oliahingiz uchun topshirilishi shart bölgan FSP imtihoniga ham tayorlanishda davom etishingiz mumkun. Albatta B2 darajadan keyin, chunki bu dars tibbiyotni nemischada örganish hisoblanadi va buning uchun yuqori til darajasi talab qilinadi.