🔥 Fett schnell verbrennen. Erfahren Sie wie! 💪

NavDPI_YI

Logo des Telegrammkanals navdpi_yi - NavDPI_YI N
Logo des Telegrammkanals navdpi_yi - NavDPI_YI
Adresse des Kanals: @navdpi_yi
Kategorien: Uncategorized
Sprache: Deutsch
Abonnenten: 2.48K
Beschreibung vom Kanal

YOSHLAR KELAJAK BUNYODKORI
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
-O'zbekiston Yoshlar ittifoqi va NavDPI o'quv- ijtimoiy faoliyati,
http://instagram.com/Akmal_Najmiddinovich
📫Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling
@Akmal_Najmiddinovich
☎️tel:942536868

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Die neuesten Nachrichten

2023-05-17 21:26:12
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan "Intellektual haftalik" doirasidagi"Breyn ring" musobaqasi guruh bosqichida raqib bo'ladigan jamoalar ma'lum bo'ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
149 viewsAkmal Zokirov, 18:26
Öffnen / Wie
2023-05-17 21:10:06
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Talaba_qizlar_koordinotori

    Oliy ta'lim muassasalarida qizlarimizni kitobxonlik salohiyatini oshirish ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda ularning adabiyotga bo'lgan qiziqishlarni oshirish maqsadida ,Yosh kitobxon tanloviga tayyorgarlik ko‘rib borish uchun "Har haftada kitob loyihasi" negizida "Kitobxon Qizlar" loyihasi e'lon qilgan edi .

Joriy yilning 16- may kuni 2-asar yuzasidan test sinovi bo'lib o'tdi.

  Test jarayonida talaba qizlar ishtirok etishdi, va test natijalari shu vaqtning o'zida ishtirokchilarga e‘lon qilindi.
Tanlov juda ko'tarinki ruhda olib borildi. (Test natijalarini ham yaqinda kanalda e‘lon qilinadi).

Bizni kuzatishda davom eting
@NDPI_YI
115 viewsBunyod Sirojov B², 18:10
Öffnen / Wie
2023-05-17 20:43:53 Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi"ni e’lon qilamiz!

Respublika ochiq turniri 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

Havaskor ayollar — FIDE reytingi yo‘q va FIDE reytingi 1500 dan kam bo‘lganlar.
Havaskor erkaklar — FIDE reytingi yo‘q va FIDE reytingi 1600 dan kam bo‘lganlar.
Professional ayollar — FIDE reytingi 1500 dan yuqorilar.
Professional erkaklar — FIDE reytingi 1600 dan yuqorilar.

@uzshaxmatbot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting! Turnirda barcha ishtirok etishi mumkin!

Nizom bilan tanishib chiqing!

@alisher_sadullaev
217 viewsAkmal Zokirov, 17:43
Öffnen / Wie
2023-05-17 08:49:23
#NavDPI
#Rektor_kubogi
#Final

Eslatma!
Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan barcha professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda institutda tahsil olayotgan barcha talaba-yigitlar o'rtasida sportning
"FUTBOL" turi bo'yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqasining final uchrashuvlari  bo'lib o'tadi.
  
                     FINAL
JISMONIY M. - MATEMATIKA-INF.

            
                  
                     FINAL
JISMONIY M. - MATEMATIKA-INF.

               

O'yin boshlanish vaqti: 17:00. 17.05.2023 (Talabalar uchun)

O'yin boshlanish vaqti: 18:00. 17.05.2023 (O'qituvchilar uchun)

O'yin joyi: NavDPI Bosh binosi hududida joylashgan sport maydoni
.

@NavDPI_SpK Bizni kuztishda davom eting!
130 viewsБахриддинович, edited  05:49
Öffnen / Wie
2023-05-16 22:48:11
#Farg‘ona
#Qatag‘on_qurbonlari

Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari N.Umarov va Farg‘ona volontyorlar klubi mentori A.Abdug‘aniyevlar Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi bilan tanishdi.

Muzey direktori Sobirjon Siddiqov hamda muzey ma’murlari tomonidan Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy hayot kechinmalari, Farg‘ona tarixida bo‘lib o‘tgan qatag‘on siyosati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

NavDPI "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi direktori "X.Qurbonov" tomonidan sovg‘a qilingan millatimiz boshidan kechirgan qatag‘on siyosati davrlari va uning qurbonlarini o‘zida mujassam etgan asarlar muzey fondidan joy egallagan.

@NavDPI_YI
67 viewsNodirbek UMAROV (NavDPI), 19:48
Öffnen / Wie
2023-05-16 21:56:58
#NavDPI

Navoiy davlat pedagogika instituti volontyorlik jamiyati!
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakultetida tashkil etilgan "Ehson konteyneri" loyihasining erkin volontyorlari hamda loyiha rahbari tomonidan shahrimizning kam ta'minlangan, yoshi ulug‘ nuroniy insonlar va nogironligi bor aholisi holidan xabar olindi.

"Ehson konteyneri" loyiha rahbari "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi. Ushbu volontyorlik jamiyatining kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz .

kuzatishda davom eting

@NDPI_YI
148 viewsBunyod Sirojov B², 18:56
Öffnen / Wie
2023-05-16 21:20:32
#Tabriklaymiz
#NavDPI

Yaqinda Xotin-qizlar o'rtasida "Eng yaxshi innovatsion loyiha" ko'rik tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rik tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti ,Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi
"Eng yaxshi pedagogik loyiha" nominatsiyasi
bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizini yutuqlari bilan tabriklaydi.

Bizni kuzatishda davom eting

@NDPI_YI
245 viewsBunyod Sirojov B², 18:20
Öffnen / Wie
2023-05-16 21:12:07
#Fergana
#Universiada_2023
#Yengil_atletika

NavDPI talabasi oltin medalni qo‘lga kiritdi!


Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Universiada-2023" musobaqalarining "Yengil atletika" sport turi bo‘yicha final bahslarida 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi To‘xtayeva O‘g‘iloy 4.54 vaqt bilan mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib oltin medalga ega bo‘ldi.


@NavDPI_YI
376 viewsNodirbek UMAROV (NavDPI), 18:12
Öffnen / Wie
2023-05-16 19:55:34
Ўзбекистон ҳарбийлари тоғ шароитида экстремал машғулотлар ўтказди

@OSTONA_ORTIDA_N1
302 viewsКамол Мухаммадиёрович, 16:55
Öffnen / Wie
2023-05-16 09:57:44
Navoiy davlat pedagogika institutida "Coursera", "Xalqaro IT sertifikat" va "COP" loyihalari bo'yicha seminar-trening bo’lib o’tdi

IT Park xodimlari talabalarga "IT" ta'lim olishning yangi imkoniyatlari, "Coursera" va Xalqaro IT sertifikatlari uchun kompensatsiya dasturi hamda "COP" loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Seminar-trening "IT" Park ta’lim loyihalar bo’limi bosh menejerlari I.Joraev, S.Sayfidinov va Xalqaro IT sertifikarlar bo'limi bosh menejeri A.Umirzakov ishtirokida bo'lib o'tdi.
131 viewsКамол Мухаммадиёрович, 06:57
Öffnen / Wie