2022-02-18 13:12:00
#SAVOL SIZDAN - JAVOB BIZDANSAVOL:Assalomu alaykum,
Worauf? - nima buyicha
darauf - bu buyicha
deb tarjima qilsa buladimi?
dafür , darauf, daran, daruber,
damit, davon;
worauf, wofür , woran, worüber, womit , Wovon
Shular nima deb tarjima qilamiz iltimos tushuntirib bering
JAVOB:Va alaykum assalom,
bular fe'lga bog'lanib keladigan predloglar, shu sabab ularni faqat mana shu fe'l bilan birga tarjima qilasiz, ba'zida tarjima qilinmaydi. Nemis tili grammatikasida
PRONOMINALADVERBIEN = RAVISH OLMOSHLARI deb ataladi.
MASALAN:warten + auf Akk. Worauf wartest du? =
Nimani kutayapsan?
Auf deine Antwort. Darauf warte ich. Kommst du mit oder nicht? = Javobingni.
Shuni kutayapman. Birga kelasanmi, yo'qmi?
erzählen + über Akk, von Dat.- Ali, wie hast du deine Ferien verbracht? Kannst du uns
darüber erzählen?
(Ali, ta'tilni qanday o'tkazding? Shu
haqida gapirib bera olasanmi bizga?)
- Verzeihung, wie bitte?
Worüber soll ich
erzählen?
(Uzr, nima dedingiz? Nima
haqida so'zlab berishim kerak? )
Mavzuni batafsil o'rganib chiqish uchun darslik yoki boshqa internet materiallaridan foydalaning.
@FASTANDEASYGERMAN
Asil Tursunov
96 viewsAsil Tursunov, edited 10:12