Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada kasbiy ta'lim olib, yaxshi daromadli ishda ishlas | 🇩🇪🇩🇪Nemis tili🇩🇪🇩🇪

Germaniyada kasbiy ta'lim olib, yaxshi daromadli ishda ishlashni istaysizmi?

Germaniyaning Tyuringen viloyatidagi "SPA" (Simsons Private Academy) kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlik shartnomasi asosida O'zbekistonlik fuqarolarni ish bilan taminlaydi. Germaniyaga ishlash uchun sizdan faqat quyidagilar talab qilinadi:

- Gyote institutining B2 (kamida B1) darajadagi til bilish sertifikati
- Kompaniya suhbatidan o'tish

B1 Sertifikatiga tayyorlash SamDCHTI ning malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Kasbiy ta'lim olib, kelgusida Germaniyada ishlash istagini bildirgan fuqarolar Joriy yilning 14-aprel sanasida soat 10:00 da Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida tegishli mutaxassislar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

+998915486930 +998933358604

Samarqand shahri, Narpay ko'chasi, 7B uy
(Mo'ljal 54-maktab)

Instagram | Telegram | YouTube | Web-sayt | Facebook